Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistonga sarmoya kiritishga tayyor – Tolibon

O‘zbekiston Afg‘onistonga sarmoya kiritishga tayyor – Tolibon

Afg‘oniston hukumati rasmiylari bu yil Turkiya, Rossiya, Eron, O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi turli mamlakatlardan yirik kompaniyalar Afg‘onistonning turli sohalariga sarmoya kiritmoqchi ekanligini bildirdi.

Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning TOLOnews telekanaliga aytishicha, bu kompaniyalarning aksariyati kon sanoati, energiya ishlab chiqarish va suv to‘g‘onlariga sarmoya kiritadi.

«O‘tgan yili xorijiy sarmoyani jalb qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Biz bu yil ham bu borada ishlayapmiz. Turkiya, Rossiya, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar hukumatlari Afg‘onistonga sarmoya kiritish uchun turli kompaniyalarini yuborishga harakat qilishdi. Ularning ba’zilari bilan muzokaralar olib borilyapti, ba’zilari esa allaqachon ishga kirishgan», - deya qo‘shimcha qildi Mujohid.

Ayni paytda Afg‘oniston Iqtisodiyot vazirligi ko‘plab davlatlar Afg‘onistonga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini va Islom Amirligi ularga sarmoya kiritish imkoniyatini yaratayotganini ta’kidladi.

«Mahalliy va xalqaro investorlar qishloq xo‘jaligi, savdo, energetika, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari va boshqa infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda. Biz turli mamlakatlardan sarmoya kiritishga doir takliflarini qo‘llab-quvvatlaymiz», – deydi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Abdul Latif Nazari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan yili Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida 266 million dollarlik tovar ayirboshlash amalga oshirilgani, bu esa avvalgi raqamlardan qariyb 6 barobarga ko‘proq ekani haqida ma’lum qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring