Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik Markaziy Osiyo uchun yangi yo‘llarni ochadi
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik Markaziy Osiyo mamlakatlari mahsulotlari eksporti uchun ham muhim, dedi AQSh davlat kotibining yordamchisi Jeyms O‘Brayen.
Uning aytishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tovarlar eksporti hozirda Rossiya, Xitoy, boshqa muqobil yo‘llar, jumladan, Ozarbayjon orqali o‘tmoqda.
«Shunday yo‘llardan biri Gruziya orqali Qora dengizga chiqadi, biroq boshqa, yanada istiqbolli yo‘nalish Ozarbayjon, Armaniston va Turkiya orqali o‘tishi mumkin. Shu nuqtai nazardan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik bitimiga erishish juda zarur, bu urushga va 1990-yillardan buyon davom etayotgan dahshatli nizoga nuqta qo‘yadi», — ta’kidladi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter