Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon Qorabog‘dagi ba’zi hududlar egallanganini e’lon qildi

Ozarbayjon Qorabog‘dagi ba’zi hududlar egallanganini e’lon qildi

Foto: RIA Novosti

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi jangovar hududda Armaniston qurolli kuchlariga og‘ir zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Vazirlik o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan videokadrlarni dalil sifatida keltirgan.

Yakshanba kuni tushdan keyin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi Shusha shahri qo‘lga kiritilganini e’lon qildi.

Armaniston mudofaa vazirligi vakili Ozarbayjon prezidentining bayonotlarini sharhlar ekan, «Aliyev shoshilganidan haqiqat va orzuni farqiga bormay qoladi» dedi.

Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 27-sentyabrda boshlangandi. Ozarbayjon va Armaniston sulh to‘g‘risida kelishib olishga bir necha bor urinishgan. Ammo har safar tomonlar bir-birini sulh bitimini buzishda ayblab kelishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring