Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maosh oz bo‘lsa politsiyachilar ham ish tashlaydi — Bolgariya

Maosh oz bo‘lsa politsiyachilar ham ish tashlaydi — Bolgariya

Foto: «News.bg»

Bolgariya poytaxtida, ichki ishlar vazirligi binosi oldida uch mingdan ortiq politsiya xodimi ish tashlash umummilliy aksiyasini o‘tkazishdi. Namoyishga «fuqaro kiyimi»da kelgan huquqni muhofaza qilish xodimlari maoshni 30 foizga oshirishni talab qilishdi. Bu haqda 29-noyabr kuni «News.bg» xabar berdi.

Kasaba uyushmasi bayonotiga ko‘ra, IIV xodimlari koronavirusga qarshi kurashda frontning eng oldingi chiziqlarida jonbozlik ko‘rsatishyapti. Jamoat tartibini saqlashdan tashqari, og‘ir kasallarni shifoxonalarga yetkazayotganlar ham shu fidoyilar.

To‘g‘ri, avvalroq parlament deputatlari politsiyachilarning maoshlarini oshirishga ovoz berishgandi, biroq 30 foiz emas — 15 foizga.

Ma’lumot berilishicha, hozirgi kunda Bolgariyada politsiya xodimining maoshi o‘rtacha 500 yevroni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring