O‘yinchoqqa yashirilgan bombalar: Suriyada bolalar xavf ostida qolmoqda
Suriyaning «Al-Ixbariya» telekanali xabariga ko‘ra, terrorchilar tomonidan o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi vosita Halab shahridagi Maysar tumanida portlatilgan, natijada besh bola jarohatlangan.
«Aleppodagi sabzavot bozori yaqinida Maysar tumanida terrorchilar tomonidan o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi moslamaning portlashi natijasida besh bola jarohat oldi, ularning ba’zilari og‘ir ahvolda», — deya xabar berdi telekanal.
Minalar va niqoblangan portlovchi vositalarning ishga tushishi natijasida tinch aholi, ayniqsa, bolalarning shikastlanishi haqidagi xabarlar Suriyaning terrorchilardan ozod qilingan turli viloyatlaridan muntazam kelib turibdi. Terrorchilik tashkilotlari jangarilari orqaga chekinayotganlarida ko‘chalar va binolarning kirish joylarini minalashtirishgan, shuningdek, o‘yinchoqlar va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari ostida niqoblangan qo‘lbola portlovchi moslamalarni qoldirib ketishgan. Shuningdek, terrorchilar hukumat nazorati ostidagi hududlarda portlovchi vositalarni aholi punktlari yaqinidagi yo‘llarga o‘rnatib, norozilik harakatlarini bildirishda davom etishmoqda.
Yakshanba kuni Suriyaning Xama viloyati sharqida terrorchilar tomonidan joylashtirilgan ikkita minaning portlashi natijasida kamida 18 kishi halok bo‘lgani, uch kishi jarohat olgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter