Ota yo‘qolgan o‘g‘lini yigirma ikki yildan so‘ng topdi
Xitoylik erkak bolaligida o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘lini 22 yil o‘tgach topdi, deb yozadi Next Shark.
2001-yil oktyabr oyida Ley Vuze to‘rt yoshli o‘g‘lini qo‘shnilari qaramog‘iga qoldirib, biznes bilan shug‘ullanadi. Erkak uyda bo‘lmaganida, bolani noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketishgan. Ota zudlik bilan bolani qidirib, uning fotosuratlarini tarqatdi, ammo hech kim unga yordam bera olmadi.
22 yil davomida Ley o‘g‘lini qidirdi. Bu vaqt ichida u o‘g‘irlangan bolalarini topishga urinayotgan boshqa ota-onalar bilan do‘stlashadi. Oxir-oqibat qancha oilalar birlashganini ko‘rgan xitoyliklar bir kun kelib farzandi bilan uchrashishlariga umid qilishdi.
Vuze o‘z o‘g‘lini yuzni tanish texnologiyasi tufayli topa oldi. Politsiya undan bolaning bolalikdagi suratlari asosidagi inson modelidan foydalangan.
Bundan tashqari, DNK testi ota-bolaning shaxsini tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter