Ostona aeroporti terminalidan odamlar evakuatsiya qilindi
Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi poytaxt aeroporti terminallari o‘rtasida kuchli tutun paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Terminaldan odamlar evakuatsiya qilingan.
«112 raqamiga Ostona xalqaro aeroporti terminali elektr panelida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushdi. Tashqi belgilarga ko‘ra, 1 va 2 terminallar oralig‘ida kuchli tutun bor, evakuatsiya ishlari olib borildi»,— deyiladi FVV xabarida.
Soat 08:24 da yong‘in o‘chirilgan. Qayd etilishicha, 2-sonli terminalning server xonasida elektr kabellari, 10-15 kv.m maydon yongan.
Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter