O‘shda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda shahar meriyasi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘sh shahri vitse-meri Nurbek Kadirov, Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidovlar ishtirok etdi.
«Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun ochiq», — deyiladi xabarda.
Bosh konsul Zafarbek Ahmedov noyabr oyida O‘shga yetib borgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter