Oropush bezgagidan ilk o‘lim qayd etildi
Braziliyada Oropush bezgagidan ikki ayol vafot etdi. Ikkisi ham 30 yoshgacha bo‘lgan. Ularda Denge bezgagining og‘ir formasidagiga o‘xshash kasallik alomatlari kuzatildi, deya ma’lumot berdi Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi.
2024-yilda Braziliyada Oropush bezgagiga chalingan 7 236 nafar bemor qayd etilgan.
Oropush infeksiya tashuvchi chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Kasallik alomatlari — bosh va mushaklardagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qorin va bo‘g‘inlardagi og‘riqlar. Odamlargacha bu kasallik asosan maymunlar va yalqovlarda kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter