Oq uyning yangi matbuot kotibi yolg‘on gapirmaslikka va’da berdi
![Oq uyning yangi matbuot kotibi yolg‘on gapirmaslikka va’da berdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2162011706.jpg)
Oq uyning yangi matbuot kotibi Keyli Makinani yilning birinchi brifingida jurnalistlarga ularni aldamaslikka va’da berdi.
«Men sizlarni hech qachon aldamayman», — deya Keyli avvalgilardan farqli o‘laroq brifinglar o‘tkazib turishga va’da berdi.
Oxirgi brifingni matbuot kotibi Sara Sanders 2019-yil martda o‘tkazgandi. O‘shanda AQSh prezidenti Donald Tramp OAVning unga nisbatan adolatsiz munosabatlari tufayli Saradan matbuot anjumanlarini o‘tkazmaslikni o‘zi so‘raganini ma’lum qilgandi. Uning o‘rnini Stefani Grishem egalladi. U birorta ham rasmiy brifing o‘tkazmagan. Makinani ushbu lavozimga joriy yil aprelda tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter