«Oq qamal»: Turkiya janubida so‘nggi yarim asrda eng ko‘p qor yog‘di (foto)
Turkiya janubida so‘nggi 54 yil davomida eng ko‘p qor yog‘di. «Milliyet» gazetasi yozishicha, Gaziantep viloyatida bir kecha-kunduzda 0,5 metrdan 1 metrgacha qalinlikda qor yog‘di.
Qalin qor viloyat yo‘llarida transportlar harakatida uzilishlarni yuzaga keltirdi.
Ushbu hududda seshanba kunidan qalin qor yog‘ishni boshlagan. Mahalliy yo‘llar bilan bir qatorda asosiy yuk tashish arteriyasi sanalmish magistral yo‘llarni ham qalin qor qopladi.
Mudofaa vazirligi tog‘li hududlarda qor qamalida qolgan aholiga yordam uchun ikkita vertolyotni yuborgan. Mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda mahalliy hokimiyat yo‘l tozalashga 900ga yaqin texnikani safarbar qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter