Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi

Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi

Xitoyda 86 yoshli erkak va 81 yoshli ayol tanishganlaridan 60 yil o‘tib turmush qurishdi.

Chjou Guilin va Yang Syuguyning tanishuv hikoyasi ular Pekin universitetida tahsil olgan paytlaridan boshlangan. Yigit va qiz bir-birlariga befarq bo‘lishmagan, ammo ma’lum bo‘lishicha, o‘qishni tugatgandan so‘ng ularning yo‘llari ajralib ketgan. Ikkalasi ham o‘shanda boshqalar bilan turmush qurishdi va oxir-oqibat beva qolishdi. Bir muncha vaqt o‘tgach, ular munosabatlarini yangilashga qaror qilishdi va to‘y taraddudiga tushdilar. 

Xitoy standartlari bo‘yicha kamtarona bayramda hamma uchtagina stol atrofida o‘tirdi. Kelin raqsga tushdi va qo‘shiq aytdi, turmush o‘rtog‘i esa an’anaviy xitoy nog‘orasida unga hamrohlik qildi, deb yozadi South China Morning Post.

Internetda g‘ayrioddiy to‘y videolari tarqalgach, odamlar undan hayratda qoldilar. Foydalanuvchilar bir ovozdan bu haqiqiy sevgi ekanligini ta’kidladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring