Olmaotada kuchli zilzila yuz berdi
Bugun soat 11:22 da Olmaota aholisi kuchli zilzilani his qildi. Butun shahar bo‘ylab sirenalar ishlay boshlagan.
«4 mart kuni soat 11:22 da Olmaotada zilzila sodir bo‘ldi. Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmologik kuzatishlar va tadqiqotlar milliy ilmiy markazining seysmik stansiyalar tarmog‘i zilzila o‘chog‘i haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlamoqda, uning intensivligi aniqlanmoqda», deyiladi Olmaota shahar Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan. Uning magnitudasi M=4,9 bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter