Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar yangi yoqilg‘i turini koinotda sinab ko‘rishdi

Olimlar yangi yoqilg‘i turini koinotda sinab ko‘rishdi

Foto: «Ferra.ru»

Amerikaning «Momentus» startapi bosh direktori Mixail Kokorich ta’kidlashicha, uning kompaniyasi suv-plazmali motorni, shuningdek, «Vigoride» kosmik apparatining boshqa tarkibiy qismlarini ochiq koinot sharoitida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deya xabar berdi «Rambler».

«Orbitadagi sinov birinchi marta mikroto‘lqinli elektrotermik plazma texnologiyasi suv yoqilg‘isidan foydalangan holda yuqori o‘ziga xos impulsga erishish potensialiga ega ekanini ko‘rsatdi», — deydi Kokorich «SpaceNews» nashri jurnalistlari bilan muloqotda.

Ma’lumot o‘rnida, u o‘z vaqtida Novosibirsk davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Momentus» yangi tipdagi motorni boshqa kosmik apparatda sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanishni davom ettiradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring