Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘lim jazosi haqidagi hazili uchun Yaponiya adliya vaziri iste’foga chiqarildi

O‘lim jazosi haqidagi hazili uchun Yaponiya adliya vaziri iste’foga chiqarildi

Yasuxiro Xanasi.

Foto: Kyodo

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida adliya vaziri Yasuxiro Xanasini iste’foga chiqarishga qaror qildi, deb xabar berdi Kyodo.

Xanasining biz faqat bironta o‘lim jazosini e’lon qilganimizdagina OAV bizning vazirlik bilan qiziqib qoladi, degan hazili mojaroga sabab bo‘lgan.

Kyodo adliya vazirining «qovun tushirishi» birinchi navbatda bosh vazir Kisidaga zarba bo‘lishini ta’kidlagan. Chunki u oktyabr oyida «Birlashish cherkovi» sektasi bilan aloqadorlikda gumon qilingan iqtisodiy tiklanish vaziri Dayshiro Yamagivani iste’foga chiqarib siyosiy ta’siri kuchsizlanib qolgandi. O‘sha voqea oqibatida Vazirlar mahkamasiga jamoatchilikning ishonchi keskin pasayib ketdi.

Kyodo manbasi aytishicha, Xanasi hazil qilaman deb, o‘lim jazosi tayinlashda qonunga asoslanmasligi mumkinligi haqida shubhalar uyg‘otgan. Biroq, agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ichki ishlardan chiqqan Xanasi adliya vaziri sifatida hali bironta o‘lim jazosini imzolamagan.

Yuqoridagi «hazil»ning davomi ham bor: Xanasi adliya vazirligini daromadli va baobro‘ lavozim, deb hisoblamasligini aytgan. Uni o‘z lavozimiga hurmatsizlikda ham ayblashayotgandi.

Bosh vazir 10 noyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda adliya vaziri bilan gaplashib olganini, tiliga, xizmat vakolatlari muhimligiga e’tibor berishga chaqirganini aytgandi. O‘sha kuni Xanasi o‘z so‘zlari uchun kechirim so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring