O‘g‘il yelkasida bambuk savatdagi ona
Internetda ikki o‘g‘il keksa onani kasalxonaga olib borayotgani haqidagi qisqagina video ko‘pchilikni ta’sirlantirdi.
Uzoq vaqt boshqa shaharda ishlash uchun ketgan Chongqing (Chunsina, Xitoy)lik aka-uka Chen va Li yaqinda 89 yoshli onasiga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida vatanlariga qaytishdi. Va onasini qanday qilib kasalxonaga olib borish uchun bosh qotirishdi. Gap shundaki, keksa kampirning tayanch harakatlari a’zolari og‘riq berayotgani sabab aravachaga o‘tirish qiyinchilik tug‘dirdi. O‘g‘illar yo‘lini topishdi – katta bambuk savatni olib, onasini navbati bilan yelkalab, kasalxonaga yetkazishdi. G‘alati sayohat taxminan 20 daqiqa davom etdi va xavfsiz yakunlandi.
Ko‘pchilik aka-ukalarni maqtashdi, ammo Chen va Li hech qanday hayratlanarli ish qilishmaganini, farzandlik burchini bajarishganini aytishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter