Odessa qirg‘oqlari yaqinida portlagan eston kemasi cho‘kib ketdi
3 mart kuni Odessa qirg‘oqlari yaqinida Estoniyaning «Helt» yuk kemasi portlab cho‘kib ketdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Kema «Vista Shipping Agency» kompaniyasiga qarashli edi. Kompaniya vakili kema port yaqinida minaga duch kelib portlagan degan taxminni ilgari surdi. Ukraina OAV esa kema Rossiya harbiylari tomonidan o‘qqa tutilganini qayd etdi.
Kema ekipajining ikki nafar a’zosi omon qolgan, to‘rt nafari bedarak yo‘qolgan.
Halokat Odessa sohillaridan 16 dengiz mili (30 kilometr atrofida) olisda yuz bergan.
Kema bo‘yicha qutqarish amaliyoti boshlangani yoki yo‘qligi haqida axborot berilmagan.
«Helt» — 1985 yilda qurilgan quruq yuk tashuvchi kema, 2000 tona suv sig‘imiga ega bo‘lib, Panama bayrog‘i ostida suzib yurgan.
Avvalroq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismini kemalar suzishi uchun yopganini e’lon qilgandi.
2 mart kuni Olviya portida turgan Bangladeshning «Banglar Samriddhi» (flag Bangladesh) kemasi raketa zarbasiga uchragab, yong‘in chiqqan, ekipajning bir a’zosi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter