Odessa markazi Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritildi
Rossiyaning qarshiligiga qaramasdan, UNESCO Ukrainaning Odessa shahri markazini Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Odessa shahri markazi Butunjahon merosiga aylanishini yoqlab UNESCOning olti a’zosi ovoz berdi. Qarshi — 1 ta (Rossiya), betaraflar — 14 ta.
France Presse agentligi yozishicha, Rossiya masalani ovozga qo‘ydirmaslik uchun bir necha marta uringan.
🔴 BREAKING!
— UNESCO 🏛️ #Education #Sciences #Culture 🇺🇳 (@UNESCO) January 25, 2023
Just inscribed on the @UNESCO #WorldHeritage List & World Heritage in Danger List: Historic Center of the Port City of Odesa - #Ukraine🇺🇦 pic.twitter.com/2e9NUbed0E
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter