Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaga 5 ta turdagi ballistik raketa bilan zarba berdi (foto)

Rossiya Ukrainaga 5 ta turdagi ballistik raketa bilan zarba berdi (foto)

Kecha, 22 iyul kuni tunda Rossiya armiyasi Ukrainaning Odessa viloyati va bir nechta hududlariga navbatdagi raketa hujumini uyushtirdi.

Ukraina janubiy operativ qo‘mondonligining xabar berishicha, Rossiya kuchlari «Kalibr», «Oniks», «Kh-22» va «Iskandar-K», shuningdek, «Iskandar-M» ballistik raketalari bilan zarba bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat markazidagi Ukraina pravoslav cherkovining Spaso-Preobrajenskiy sobori vayron bo‘lgan. Sobordan tashqari, fuqarolik infratuzilmasi ob’yektlari, ko‘p xonadonli va xususiy uylar, avtomobillar shikastlangan va vayron bo‘lgan.

Milliy politsiya xabariga ko‘ra, hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 22 nafar inson yaralangan. Ular orasida 4 nafar bola ham bor.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oddesaga qilingan hujum haqida shunday degan:

«Tinch shaharlarga, turar-joy binolariga, soborga qarshi raketalar... Rossiya yovuzligini oqlab bo‘lmaydi... Navbatdagi teraktdan jabr ko‘rgan har bir kishiga yordam ko‘rsatilmoqda. Men odamlarga yordam berayotgan har bir kishidan, Odessa haqida o‘y va hissiyotlari bor barchadan minnatdorman. Biz buni yengib o‘tamiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring