Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlarni devor bosib qoldi, tok urdi: Hindistonda 14 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi

Odamlarni devor bosib qoldi, tok urdi: Hindistonda 14 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi

Foto: «AP Photo / Rajesh Kumar Singh»

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida kuchli yomg‘ir va suv omborlaridan suv oqishi natijasida kelib chiqqan suv toshqini oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 250 ming kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Indian Express gazetasi.

Xabarlarga ko‘ra, odamlar devorlarning qulashi yoki elektr toki urishi oqibatida halok bo‘lishgan. Shtat hukumati ko‘chirilganlar uchun boshpanalar tashkil qildi. Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, G‘arbiy Bengaliyaning bir necha hududlari belgacha suv bosgan.

Hindistonda kuchli yomg‘ir jiddiy suv toshqinlarini keltirib chiqargan. Hukumat qurbonlarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun harbiy vertolyotlardan foydalanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring