Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Yelizaveta II shahzoda Garri va Megan Marklni sudga berishni buyurdi

OAV: Yelizaveta II shahzoda Garri va Megan Marklni sudga berishni buyurdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘z yordamchilariga shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning qirollik oilasi haqidagi bayonotlarini tuhmat deb hisoblab, ularni sudga berishni buyurgan. Bu haqda Sun nashri o‘z manbasiga asoslanib ma’lum qildi.


«Ular his qilayotgan tuyg‘ular hamma bilan sodir bo‘lishi mumkin. Garri va Megan bu kabi harakatlarni takrorlamaslikka namuna bo‘lib xizmat qiladilar», — deya ma’lumot bergan manba.

U, shuningdek, 95 yoshli malika hujumlardan «bezovta» bo‘lganini ta’kidlagan. Qirollik oilasining huquqshunoslari hozirda «tuhmat va shaxsiy hayot masalalari» bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar bilan bog‘lanishmoqda. Gazetaning yozishicha, asosan huquqshunoslar shahzoda Garrining 2022-yilda nashrga berilishi rejalashtirilgan xotiralari mazmunini o‘rganadilar.

«Agar kitobda biror kimning nomi keltirilgan va u to‘g‘ridan–to‘g‘ri biron ishda ayblangan bo‘lsa, bu albatta tuhmat bo‘lishi mumkin. Shuningdek kishining shaxsiy hayotiga dahlsizlik huquqi buzilishi holati sifatida tan olinadi», - deya ta’kidlaydi manba.

Hozirgi vaqtda shahzoda Garri va Megan o‘rtasida qirollik oilasi boshqa a’zolari bilan munosabatlar juda keskinligicha qolmoqda: birinchidan, Sasseks gersogi va gersoginyasi to‘satdan qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan voz kechishlarini va o‘zlari istagandek yashash niyatida ekanliklarini e’lon qilishdi. Shundan so‘ng bir yil oldin o‘z-o‘zidan Kaliforniya shtatiga ko‘chib kelgach, Opre Uinfriga janjalli intervyu berib, qarindoshlarini ularga nisbatan befarqlikda, hatto irqchilikda ayblashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring