Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorklik erkak olmaxon miyasini yeb vafot etdi

Nyu-Yorklik erkak olmaxon miyasini yeb vafot etdi

Foto: «nashzeleniymir.ru»

AQShning Nyu-York shtatida yashagan 61 yoshli ovchi o‘zi tutgan olmaxonning miyasini yegani uchun halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Marhumning oila a’zolari ma’lum qilishicha, ovchi olmaxon tutishni va uning go‘shtini, jumladan miyasini ham tanovul qilishni yoqtirgan. Aynan shu odat uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Unga bir yilda bir million kishidan birida uchraydigan Kreysfeldt-Yakob tashxisi qo‘yilgan. Ma’lum qilinishicha, bunday kamyob xastalikka zararlangan go‘sht, xususan, quturish kasaliga uchragan jonivor go‘shti sabab bo‘ladi.

Bunday tashxisli kishilarda aql zaiflashishi, harakatlanish, so‘zlashish, taom yeyish va hatto nafas olish qobiliyatini yo‘qotish belgilari uchraydi. Kasallik tezda rivojlanadi va bugungi kun tibbiyoti unga hali hech qanday davo topmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring