Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkdagi 8 kishining o‘limi bilan tugagan teraktda ayblangan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

Nyu-Yorkdagi 8 kishining o‘limi bilan tugagan teraktda ayblangan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

2017-yilning 31-oktyabrida Nyu-York markazida velosipedchilar yo‘lagida harakatlanib ketayotgan tinch aholi ustiga kichik yuk avtomobili (pikap)ni haydab, 8 kishining o‘limiga va yana 10 dan ortiq kishi jarohatlanishiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipovga 13-mart, dushanba kuni AQSh federal sudi tomonidan hukm o‘qildi. U endi butun umrini qamoqda o‘tkazadi.

Aybdorga nisbatan joriy yil avvalida boshlangan sud ishida sudyalar 34 yoshli Soipovni 28 ta jinoyat, jumladan, reketlik va xorijiy terrorchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida odam o‘ldirishda ayblashgan va qator OAVlar, jumladan AP nashri Soipovga o‘lim jazosi berilishi mumkinligini istisno etmagan edi.

Sudda ishtirok etgan prokuror esa Soipovning «Islomiy davlat» guruhiga a’zo bo‘lish uchun tinch aholiga hujum qilganini aytgan edi.

Sayfullo Soipov 1988-yil 8-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda kasb-hunar kollejini, 2009-yilda esa Toshkent moliya institutini bitirgan.

AQShga 2010-yilda grin-karta lotoreyasi orqali ketgan va Nyu-Jersi shtatining Paterson shahriga kelishdan oldin Ogayo va Floridada ham yashagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring