Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda oynavand osmono‘par binolar qurish taqiqlandi

Nyu-Yorkda oynavand osmono‘par binolar qurish taqiqlandi

Foto: «Pixabay.com»

«Zaminimizga zarar yetkazuvchi, kelajagimizga xavf soluvchi osmono‘par binolar Nyu-Yorkda boshqa qurilmaydi», — dedi shahar meri Bill de Blazio. Bu haqda «Welt» yozmoqda.

Bu shaharni 2050-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha «Yangi yashil yo‘l» strategiyasining bir qismi. Nyu-York — bu tashabbus bilan chiqqan AQShdagi birinchi shahar.

Yaqinda shahar kengashi qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, bundan buyon osmono‘par binolar egalari o‘z inshootlari energiya samaradorligi, qanchalik ekologik tozaligi haqida hukumat bilan hisoblashishga majbur.

Mutaxassislarning hisoblashicha, «Yashil yo‘l» baland binolar hisobiga chiqayotgan zaharli gazlarni 2030-yilda 40 foizga, 2050-yilda 80 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. Osmono‘par binolar egalari o‘z binolarini yangi standartlar asosida zamonaviylashtirishlari talab etiladi, aks holda har bir bino uchun 1 million dollargacha jarima solinadi.

Blazioning aytishicha, oynavand devorlar «judayam samarasiz», chunki juda ko‘p energiyani chiqarib yuboradi. Va aynan shu binolar AQShdagi eng yirik megapolis — Nyu-Yorkda havoga zaharli gazlar chiqarilishida bosh manba bo‘lib turibdi.

Nyu-Yorkni rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, xuddi Kanada shaharlari GESlardan quvvatlangani kabi, AQShning eng yirik shahri ham toza energiya manbalaridan foydalanishi kerak. Yirik binolar faqat «toza» elektr energiyasini sotib oladi va shahar havosini musaffo qilishga hissa qo‘shadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring