Norvegiyaning «plastik chiqindilar inqilobi»: natija — 97 foiz
Norvegiya hukumati «Infinitum» kompaniyasi texnologiyalari ko‘magida plastikni qayta ishlash bo‘yicha jahondagi eng samarali tizimlardan biriga asos soldi. Bu haqda «ScienceAlert» yozmoqda.
Bu texnologiyalar yordamida plastik 97 foizgacha samarali ishlanyapti, ayniqsa, plastik idishlar alohida mavzu — ularning 92 foizi qayta ichimlik quyish uchun yaroqli holatga keltirilmoqda. Ekologik chiqindiga aylanayotgan plastiklar esa Norvegiyada ishlatilayotgan plastiklarning 1 foizidan ham oshmaydi.
Norveg texnologiyasi bir plastik idishni kamida 50 marta ishlatish imkonini beradi. Taqqoslash uchun: AQShda «hayotga qaytarilayotgan» plastik idishlar 30 foiz, Buyuk Britaniyada 20 foizdan ham oshmaydi.
An’anaviy modelga binoan, plastikni qayta ishlagandan yangisini tayyorlash biznesmenga arzonga tushadi. Norvegiyada har bir plastik idish uchun xaridor 0,3 dollar atrofida soliq to‘laydi. Ishlatilgan idish maxsus avtomatga tashlansa soliq xarajati (0,3 dollar) xaridorga qaytariladi. Bu aslida eski usul: Yevropaning ko‘p mamlakatlarida chiqindini saralashni osonlashtirish maqsadida qo‘llashadi.
Vikinglar yurtida «xaridor solig‘i»dan tashqari, plastik ishlab chiqaruvchilar uchun ham ekologik soliq bor. Tadbirkor bu soliqni to‘lamasligi ham mumkin — yangi plastik o‘rniga eskisini ishlatishga rozi bo‘lsa bas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter