Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya malikasi afroamerikalik shaman bilan unashtirildi

Norvegiya malikasi afroamerikalik shaman bilan unashtirildi

Norvegiya qiroli Xarald V va qirolicha Sonyaning to‘ng‘ich qizi — 50 yoshli malika Marta Luiza afroamerikalik Durek Verrett bilan unashtirilganini e’lon qildi.

47 yoshli Durek Verrett — shaman va tabib, Gollivud yulduzlarining (xususan, Gvinet Peltrou hamda Antonio Banderasning) rahnamosi.

Qirol va qirolicha juftlikni tabriklab, ularga eng yaxshi tilaklarini yo‘llagan. Taxt vorisi, malikaning ukasi shahzoda Xokon ham bo‘lg‘usi oilani qutladi.

Marta Luiza ukasi Xokon va uning ikki o‘g‘lidan so‘ng Norvegiya taxtiga to‘rtinchi voris sanaladi. Yozuvchi Ari Ben bilan turmushidan uchta qizi bor. U bilan 14 yil birga yashab, 2016-yilda ajrashishgan.

Afroamerikalik shaman bilan esa 2018-yilda tanishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring