Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel mukofoti: kimyo yo‘nalishida g‘oliblar nomi e’lon qilindi

Nobel mukofoti: kimyo yo‘nalishida g‘oliblar nomi e’lon qilindi

2021-yili kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti molekulalarni sintezlashda qo‘llaniladigan asimmetrik organokatalizning yangi metodlarini ishlab chiqqan Benjamin List va Devid Makmillanga topshiriladi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilindi.

Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi olimlarning samarali dorilar ishlab chiqish va kimyo sanoatini «yashillashtirish»ga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.

Benjamin List Ko‘mir tadqiqotlari bo‘yicha Maks Plank universitetida (Germaniya), Devid Makmillan Prinston universitetida (AQSh) ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring