Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikolas Maduro xatolarini tuzatishga va’da berdi

Nikolas Maduro xatolarini tuzatishga va’da berdi

Foto: «Reuters»

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘z boshqaruvidagi hukumat o‘zgarishlar uchun maxsus reja ishlab chiqishga va xatolarni to‘g‘rilashga tayyorligini bildirdi.

Maduro 4 va 5-mayni «buyuk milliy muloqot kunlari», deb e’lon qilgan va xalq hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari mamlakat ichida nimalarni o‘zgartirish kerakligi haqida ochiq gapirishlari lozimligini aytib o‘tgan. «Xudoga umid qil, ammo rejani o‘zgartir. Xudoga umid qil, ammo rejani to‘g‘rila. Xalq donishmandligidan kelib chiqqan buyuk o‘zgarish va xatolarni to‘g‘rilash vaqti» haqida gapiradi Nikolas Maduro kecha bo‘lib o‘tgan namoyish vaqtida.

Maduro mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlardan 4 va 5-may kunlari maxsus sessiyada qatnashish va xatolarni to‘g‘rilashda ishtirok etishlarini so‘ragan.

Ayni vaqtda Venesuela bo‘ylab Maduroga qarshi namoyish va to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Muholifat yetakchisi Xuan Guayda o‘zini mamlakat prezidenti, deb e’lon qilgan va AQSh hamda Yevropaning yetakchi davlatlari uni rasman tan olgan. Kun o‘tgani sari mavqeini yo‘qotib borayotgan Nikolas Maduro tomonida esa Rossiya turibdi.

Kecha, 1-may sanasida Maduro mamlakatdan qochib ketishga tayyor bo‘lgani, ammo Rossiya uni qolishga ko‘ndirgani haqida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo xabar berib o‘tgan edi. Uning aytishicha, aeroportda Maduro qochib ketishi uchun samolyot uchishga tayyor holatda turgan. Ammo Rossiya tomoni bu xabarni inkor etdi. Shuningdek Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ham Maduro mamlakatdan ketishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring