Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikaragua Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Nikaragua Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Nikaragua hukumati Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi.

Isroilning davom etgan hujumlari tufayli Falastin xalqining azob chekayotgani qayd etilgan. «Nikaragua vayronagarchilik va vahshiylikka uchrayotgan Falastin xalqi va hukumati bilan har doim birdam bo‘ladi. Nikaragua xalqaro huquq va davlatlar o‘rtasidagi fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi konvensiyalarga rioya qilgan holda Isroil hukumati bilan barcha diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi», — deyiladi bayonotda.

Nikaragua hukumati Isroilning davom etayotgan bosqinchilik va doimiy tajovuzini qoralaydi. «Hozir esa bu Livan xalqiga qarshi amalga oshirilmoqda. Suriya, Yaman va Eronga tahdid qilib, mintaqaviy va xalqaro tinchlikka tahdid solmoqda», deyiladi hukumat xabarida.

Nikaragua Milliy Assambleyasi Falastin xalqiga qarshi «genotsid, zo‘ravonlik va o‘ta nafrat» siyosatini qoraladi.

Parlament prezident Daniyel Ortegani Isroil hukumati bilan munosabatlarni uzishga chaqirdi va Isroil hukumatini «insoniyat dushmani» deb e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring