Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigerda harbiylar prezident hokimiyatdan ag‘darilganini e’lon qildi.

Nigerda harbiylar prezident hokimiyatdan ag‘darilganini e’lon qildi.

Niger harbiylari prezident Muhammad Bazum hokimiyatdan ag‘darilgani va davlat chegaralari yopilganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Harbiylar milliy televideniye orqali so‘zga chiqib, mamlakat prezidenti Muhammad Bazum mamlakat prezidentligidan ag‘darilgani va davlat to‘ntarishini e’lon qilishdi. Ular poytaxt Niameydagi prezident saroyini to‘sib qo‘yishdi.

Bundan tashqari, mamlakat chegaralari yopildi va umummilliy komendantlik soati e’lon qilingan, respublikaning barcha muassasalari faoliyati to‘xtatilgan.

Axborot agentliklarining ma’lum qilishicha, Benin prezidenti Patris Talon nizolashayotgan tomonlarni murosaga keltirish maqsadida Nigerga jo‘nab ketgan.

Ma’lumot o‘rinda, Muhammad Bazum 2021 yilda prezidentlikka saylangan edi. Bunga qadar u Niger ichki ishlar vaziri va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan.

Niger Fransiyaning sobiq mustamlakasi. Bu mamlakat juda katta tabiiy boyliklar zaxirasiga ega. Jumladan, jahondagi uran zaxirasining 7 foizi Nigerda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring