Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niger Respublikasida vabo tarqaldi. 993 kishining hayoti xavf ostida

Niger Respublikasida vabo tarqaldi. 993 kishining hayoti xavf ostida

Foto: «nigeriannewsdirect.com»

Niger Respublikasida avgust oyi boshida tarqalgan vabo epidemiyasi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com».

Poytaxt Niamey shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idorasi (OCHA) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning janubiy hududi Maradi shahri aholisi avgust oyi boshidan beri vabo bilan kurashib kelmoqda.

Ayni paytda eng ko‘p 1 va 15 yoshli bolalar chalinayotgan vabo tufayli jami 993 kishining hayoti xavf ostida ekan.

Niger sog‘liqni saqlash vaziri Iliassou Manassaraning OAVga bergan intervyusida aytishicha, mamlakat miqyosida barcha tashkilotlarlar vaboga qarshi kurash olib bormoqda.

Mamlakat miqyosida kuzatilayotgan sellar vaboning yoyilishiga asosiy sabab qilib ko‘rsatilyapti.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 3 yoki 5 million kishi vaboga chalinayotgan, 100-120 ming esa vabo tufayli halok bo‘layotgan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring