Netanyaxu to‘xtamoqchi emas. U qamoqxonalarda minglab joy tayyorlashni buyurdi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu moliya, mudofaa va milliy xavfsizlik vazirlariga Isroil qamoqxonalarida yangi mahbuslar uchun minglab joy tayyorlashni topshirdi, deb yozadi The Times of Israel nashri.
Netanyaxu tegishli ko‘rsatmalarni Isroil armiyasi va umumiy xavfsizlik xizmati bilan bo‘lib o‘tgan idoralararo yig‘ilishda bergan, unda rasmiylar G‘azo sektorining G‘arbiy Sohilida 2024 yil davomida ko‘plab shaxslar hibsga olinadi, degan xulosaga kelishdi. Bu esa qamoqxonalarda joy tanqisligiga olib keladi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 7 oktabrda HAMASga qarshi urush boshlanganidan buyon 4000 ga yaqin kishi hibsga olingan, ularning aksariyati G‘azo sektoridan.
Isroil rasmiylari G‘azo sektoridagi urush HAMAS to‘liq yo‘q qilinmaguncha to‘xtamasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban G‘azo sektoriga bostirib kirgan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 30600 dan ziyod falastinlik, jumladan, 13430 nafar bolalar va 8900 nafar xotin-qizlar halok bo‘ldi.
Avvalroq, vayron bo‘lgan G‘azo sektorini tiklash uchun 90 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter