Netanyaxu o‘z vakolatlarini vaqtincha o‘rinbosariga o‘tkazadi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘z vakolatlarini vaqtincha bosh vazir o‘rinbosari va adliya vaziri Yariv Levinga topshiradi.
Kan davlat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, Bosh vazir Netanyaxu churrani davolash uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan.
Bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Netanyaxudagi kasallik doimiy tekshiruv vaqtida aniqlangan.
Isroilda namoyishlar
31 mart, yakshanba kuni o‘n minglab isroilliklar bosh vazir Benyamin Netanyahu boshchiligidagi hukumat siyosatiga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqishdi.
Namoyishchilar hukumat iste’fosi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini, shuningdek, HAMAS jangchilari tomonidan garovga olinganlarni tezda ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilishini talab qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter