Netanyaxu Makronning tanqidiga keskin javob qaytardi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tanqidiga keskin javob berdi.
«Tinch aholiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlik Isroilda emas, HAMAS zimmasiga tushadi», — dedi Netanyaxu bayonotida.
Avvalroq Makron Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari hech qanday asos va qonuniylikka ega emas, degan fikrni bildirgan va ularni to‘xtatishga chaqirgan edi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azodagi sog‘liqni saqlash markazlari 250 dan ortiq hujumga uchragan.
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusning aytishicha, G‘azo sektorida 10,8 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, ularning 70 foizga yaqini ayollar va bolalardir. G‘azo sektorida o‘rtacha har 10 daqiqada bir bola halok bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter