Netanyahu seshanba kuni Tramp bilan uchrashadi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdan AQShga uchib ketdi va u yerda seshanba kuni prezident Donald Tramp bilan uchrashadi.
Isroil bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari «HAMAS ustidan g‘alaba», Eronga qarshi kurash va arab davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
Bu uchrashuv Donald Trampning qayta saylanganidan keyin xorijiy davlat rahbari bilan bo‘lgan birinchi uchrashuvi bo‘ladi. Netanyahu buni «Isroil-Amerika ittifoqi mustahkamligidan dalolat» dedi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil rahbariga o‘tgan yilning noyabrida Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish orderi berilgan edi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar va Isroil Rim statutini ratifikatsiya qilmagan.
Donald Tramp o‘zining lavozimiga kirishgan birinchi kunida bir qator ijro farmoyishlarini, jumladan, XJSga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini tiklaydigan qonun loyihasini imzoladi. Biroq hujjat Senat demokratlari tomonidan bloklangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter