Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nensi Pelosi to‘rtinchi marta AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘ldi

Nensi Pelosi to‘rtinchi marta AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘ldi

Foto: «Wsj.com»

Nensi Pelosi AQSh Kongressi quyi palatasi (Vakillar palatasi) spikeri lavozimini saqlab qoldi — kongressmenlarning ko‘pchilik ovozi bilan u to‘rtinchi marta ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.

Pelosi Kongressdagi ushbu lavozimda 116-chaqiriq hamda 2007 yilning yanvaridan 2011-yilning yanvarigacha (110 va 111-chaqiriqlar) faoliyat yuritgan.

2020-yil 3-noyabridagi umummilliy saylovlar yakuniga ko‘ra, AQSh Demokratlar partiyasi o‘z mandatlarining ayrimlaridan mahrum bo‘ldi, shunga qaramay, Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi, xabar bermoqda TASS.

Spiker ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Quyi palatada bu safar ham demokratlar aksariyatni tashkil etgani, qolaversa, kongressmenlar o‘z partiyalari kesimida ovoz berishgani bois, Pelosining yana saylanishi shunchaki rasmiyatchilik bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring