Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega NATO samolyotlari Ukrainani emas, Isroilni himoya qildi? The Atlantic sababini tushuntirdi

Nega NATO samolyotlari Ukrainani emas, Isroilni himoya qildi? The Atlantic sababini tushuntirdi

Foto: Nato.int

Shanba oqshomidagi katta hujumda G‘arb Isroilni o‘z qo‘llari bilan himoya qildi, ayni bir paytda Ukrainani shunday qo‘llab-quvvatlashni hatto xayoliga ham keltirayotgani yo‘q. Sababi bitta — Ukrainaga yadroviy davlat hujum qilyapti, Isroilga hujum qilayotgan davlatning esa atom bombasi yo‘q. Voqealarni nufuzli The Atlantic jurnali tahlil qildi.

Jurnaldagi maqolada ta’kidlanishicha, Rossiya nafaqat yadro quroliga ega, shuningdek, uni qo‘llashi mumkinligi bilan tinmay tahdid solib keladi. Muallifning fikricha, aynan shu holat NATOni Ukraina mudofaasida bevosita qatnashishdan tiyib turibdi.

Isroil bilan vaziyat buning aksi bo‘libgina qolmay, mutlaqo boshqacha: Isroilning o‘zida yadro quroli bor (garchi buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olmasa-da). Shuning uchun ham G‘arb kimdir Isroilga o‘ta katta zarar yetkazishidan va bunga Isroil yadroviy zarba bilan javob berishidan cho‘chiydi.

«Qolgan dunyo bundan bir nechta saboq chiqarishi mumkin (...) Yadroviy qurolingiz bo‘lsa, xavfsizligingiz ancha yaxshi ta’minlanadi. Yadroviy qalqon bilan nafaqat dushman hujumlarini qaytarishingiz, balki boshqa mamlakatlarga hujum uyushtirib jazodan qutulib qolishingiz mumkin, ayrim vaziyatlarda boshqalar ham sizning mudofaangizga qo‘shiladi», — deb yozdi The Atlantic.

13-apreldan 14-aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga raketa-dronlar keng ko‘lamli hujumini uyushtirdi. Son-sanoqsiz raketalar va dronlarning aksariyati Isroil osmoniga yetib kelmasidan urib tushirildi. Ularni qaytarishda nafaqat Isroil, shuningdek, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va Iordaniya harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari qatnashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring