Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyevning yana bir qarindoshi davlat ishidan bo‘shatildi

Nazarboyevning yana bir qarindoshi davlat ishidan bo‘shatildi

Foto: «Vesti»

Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati bugun ma’lum qilishicha, 2022-yilning 14-aprelida Yerbol Nazarboyev Korrupsiyaga qarshi kurashish organlaridan butkul chetlatilgan.

2022-yilning 26-yanvarida Yerbol Nazarboyev mazkur agentlikning maxsus departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilgandi.

Yerbol Nazarboyev — Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevning o‘g‘li. Avvalroq politsiya xodimlari Yerbol Nazarboyevga o‘xshagan odamning avtomobilini ushlashgani haqidagi video tarqalgandi (suratda).

Yanvarning 17-sanasida Nursulton Nazarboyevning uchinchi kuyovi Timur Kulibayev Qozog‘iston Respublikasi «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimini tark etgan, Birinchi prezidentning jiyani Samat Abish esa Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring