Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyevning «elbasi» — «xalq otasi» maqomi bekor qilinishi mumkin

Nazarboyevning «elbasi» — «xalq otasi» maqomi bekor qilinishi mumkin

Qozog‘iston konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, Nursulton Nazarboyev mamlakatning birinchi prezidenti to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, o‘ziga berilgan shaxsiy imtiyozlarning katta qismidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda parlament quyi palatasi spikeri Yerlan Koshanov ma’lum qildi, deb yozadi Tengri News.

Qozog‘iston parlament quyi palatasi spikeri Yerlan Koshanovning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaviy kengash hozir Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda, ular qabul qilingandan so‘ng Qozog‘istonning birinchi prezidenti haqidagi qonun bekor qilinadi.

«O‘zgartirishlar Elboshi maqomini istisno qiladi. Nazarboyevning davlat asoschisi sifatidagi roli Konstitutsiyada saqlanib qolgan. Bu norma qabul qilingandan so‘ng birinchi prezident to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun ham o‘z kuchini yo‘qotadi», — dedi u majlis chog‘ida.

«Konstitutsiyada sobiq prezidentlar haqida qoida bor, bu qoida saqlanib qoladi va mamlakatning birinchi prezidentiga nisbatan qo‘llaniladi. Nursulton Nazarboyev sobiq prezidentlar to‘g‘risidagi qonun doirasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, pensiya oladi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi», — deydi Koshanov.

Shu bilan birga, u Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar qanday qabul qilinishi - referendum yoki parlament qarori bo‘yicha hozircha qaror yo‘qligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring