Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shov-shuvga sabab bo‘lib izsiz yo‘qolgan shifokor topildi

Shov-shuvga sabab bo‘lib izsiz yo‘qolgan shifokor topildi

Bedarak yo‘qolgan Omsk viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Omskdagi 1-sonli shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasining sobiq bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiy tirik holda topilgan.

«Omsk viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Aleksandr Muraxovskiy tirik holda topildi», deb xabar berdi Telegramdagi Mash Mash Siberia kanali qidiruv guruhiga asoslanib.

Ayni paytda Muraxovskiy qanday holatda ekanligi va nima uchun g‘oyib bo‘lganligi ma’lum emas. Ushbu holatga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Muraxovskiy 7-may kuni soat 16:00 atrofida kvadrotsiklda o‘rmonga borgani, ushbu kvadrotsikl esa Bolsheukovskiy viloyatining botqoqlaridan birida topilgani haqida xabar bergan edik.

Sobiq bosh shifokorniing qidiruvida ko‘ngillilar, politsiya xodimlari, Rosgvardiya xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari, ov inspektorlari va mahalliy aholi bevosta ishtirok etdilar.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring