NATOning barcha a’zolari Ukrainaning tashkilotga kirishiga rozi bo‘ldi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida alyansga a’zo barcha davlatlar Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
«NATOdagi barcha ittifoqchilar Ukraina ittifoqqa a’zo bo‘lishiga rozi», — dedi u.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala muddatdir, hozircha u qo‘shilish qachon bo‘lishini ayta olmaydi. Shu bilan birga, NATOga a’zo davlatlar Ukrainaga «blok kuchlari bilan o‘zaro hamkorlik»ni ta’minlash, mudofaa va xavfsizlik institutlarini isloh qilish va takomillashtirishda yordam bermoqda.
Stoltenberg yana bir bor NATO eshiklari Ukrainaga ochiqligini ta’kidladi.
«Agar Ukraina g‘alaba qozonmasa, unda muhokama qilinadigan masala umuman qolmaydi», — deya qo‘shimcha qilgan Bosh kotib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter