Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kutilmaganda Kiyevga bordi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kutilmaganda Kiyevga bordi

Bugun, 20-aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg kutilmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Bu haqda Kyiv Independent xabar bermoqda.

Uni Kiyev markazidagi Avliyo Maykl maydoniga o‘rnatilgan halok bo‘lgan ukrainaliklar askarlarga hurmat bajo keltirayotganini ko‘rishgan.

Hozircha ushbu tashrifning rasmiy ma’lumotlari e’lon qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishga umid qilmoqda, biroq NATO ittifoqchilari Kiyevning bu boradagi istiqbollari borasida turlicha fikrda.

Xususan, Financial Times gazetasining yozishicha, Vashington urush davrida Kiyevning alyans bilan aloqalarini chuqurlashtirishi Rossiya va NATO o‘rtasidagi mojaroning kuchayishiga, jumladan, hududlar bo‘ylab yadro qurolini joylashtirish ehtimoliga olib kelishidan xavotirda.

Vladimir Zelenskiy fevral oyida yozda bo‘lib o‘tgan alyans sammitiga taklif qilingan va u urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash yoki alyans bilan yaqinroq hamkorlik qilish kabi Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi yo‘lidagi real qadamlarni ko‘rsagina sammitda qatnashishini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring