NASA yangi rahbari ish boshladi
Sobiq astronavt, muhandis va senator, 79 yoshli Bill Nelson — AQSh Milliy aerokosmik agentligi (NASA)ning yangi rahbari sifatida ish boshladi. Kecha, 3-may kuni mamlakat vitse-prezidenti Kamala Harris huzurida uning qasamyod marosimi o‘tkazildi.
Marosimda Nelsonning rafiqasi va o‘g‘li, shuningdek, NASA sobiq ikki rahbari — Charlz Bolden va Jeyms Braydenstayn qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Milliy kosmik kengashi boshqaruvi 1-maydan Kamala Harrisga o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter