Narxlarni oshirish qat’iy taqiqlandi — Belarus
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hukumat yig‘ilishi yakunida mamlakatda har qanday ko‘rinishdagi narxlarning oshirilishini qat’iyan taqiqlashni buyurdi.
«6-oktyabrdan har qanday ko‘rinishdagi narxlar oshirilishi taqiqlanadi. Ta-qiq-la-na-di! Shu bugundan. Ertadan emas, bugundan. Bir oqshomda narxlarni o‘zgartirib qo‘yishmasliklari uchun. Buxgalteriyada birontasi teskari sanoq bilan raqamlarni, hisob-kitoblarni o‘zgartib qo‘yishidan Xudo asrasin», — Lukashenkodan iqtibos keltirdi BelTA agentligi.
Lekin istisnolar ham yo‘q emas, yakka tartibdagi ayrim narx o‘zgarishlari vazirlar yoki viloyat hokimliklari qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
«Qonunbuzarlarni ushlab, jazoga tortish — bosh prokuratura va davlat nazorati qo‘mitasi izmida. Javobgarlik butun vertikal bo‘ylab amal qiladi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter