Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narendra Modi uchinchi marta Hindiston bosh vaziri bo‘ldi

Narendra Modi uchinchi marta Hindiston bosh vaziri bo‘ldi

Foto: Reuters

Hindiston partiyalar ittifoqi (milliy demokratik alyans, MDA) siyosiy yetakchisi Narendra Modi 9-iyun kuni qasamyod qildi. Uchinchi marta bosh vazirlikka saylangan Modi mamlakat tarixida ushbu lavozimda eng ko‘p o‘tirgan ikkinchi shaxsga aylandi.

Shu kuni vazirlar mahkamasi a’zolari ham qasamyod qilishdi.

Hindistondagi bu galgi parlament saylovida oldingilaridan o‘zgacharoq manzara kuzatildi. Modi yetovidagi «Bxaratiya janata parti» 10 yil davomida birinchi marta mutlaq ko‘pchilik ovozni to‘play olmadi, shu sababli hukumat tarkibi Modining MDA bo‘yicha ittifoqchilari va partiyalar a’zolaridan shakllantirildi.

Yangi hukumatni tanishtiruv marosimiga 8 mingdan ziyod mehmon — siyosatchilar, chet el diplomatlari va elchilar, jamoat tashkilotlari vakillari va boshqalar taklif etildi.

Ma’lumot uchun: Narendra Modi (1950-yilda tug‘ilgan) Hindiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritayotganiga 10 yildan oshdi (2014-yil 26-mayidan buyon).

Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharla’l Neru ushbu lavozimda eng uzoq vaqt — 16 yil 286 kun (1947–1964) faoliyat olib borgan. Neru 75 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring