Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narendra Modi uchinchi bor Hindiston bosh vaziri bo‘ladi, ammo...

Narendra Modi uchinchi bor Hindiston bosh vaziri bo‘ladi, ammo...

Hindistonda bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda ko‘pchilik ovozlar hisoblanib bo‘lindi. Amaldagi bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi partiyalar ittifoqi hukumatni shakllantirish uchun yetarli bo‘lgan 274 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Biroq Modi partiyasining o‘zi parlamentdagi 543 o‘rinning 240 tasini qo‘lga kiritishi kutilmoqda, bu esa saylov kampaniyasi boshida bosh vazir belgilagan 400 o‘rindan ancha past natija.

Hindiston Milliy Kongressi partiyasi yetakchiligidagi «Hindiston» muxolifat alyansi 193 o‘rinni qo‘lga kiritdi, bu esa kutilgan natijalardan ancha yuqori bo‘ldi.

Muxolifat yetakchisi Rahul Gandiga ko‘ra, bosh vazir endi konstitutsiyani o‘zgartirish kabi qator rejalaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

G‘alabasini nishonlar ekan, Modi yangi hukumatni shakllantirishga tayyor ekanini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring