Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Muzokaralarga nuqta qo‘yilishi mumkin» — Zelenskiy keskin bayonot berdi

«Muzokaralarga nuqta qo‘yilishi mumkin» — Zelenskiy keskin bayonot berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat onlayn nashrlariga intervyu berdi.

Unda davlat rahbari Mariupol shahridagi vaziyat haqida to‘xtalgan. Ushbu shahardagi metallurgiya zavodida ukrainalik harbiylar qurshovda qolmoqda.  Rossiya ularga so‘zsiz taslim bo‘lish talabini qo‘ygan. 

Zelenskiyga ko‘ra, ushbu harbiylarning yo‘q qilinishi Rossiya bilan muzokalarga nuqta qo‘yadi. 

«Mariupol bu o‘nta Borodyanokka to‘g‘ri keladi, agar bizning yigitlarimiz yo‘q qilinsa, bu barcha muzokaralarga nuqta qo‘yadi»,— deya ta’kidlagan Ukraina rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, urush fonidagi muzokaralar Bucha va Borodyanok shaharlaridagi voqealar sabab boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Donbassning yirik shaharlaridan bo‘lgan Mariupolda esa vaziyat yanada og‘ir, aholi yerto‘lalarda jon saqlab kelmoqda. Gumanitar koridorlar bo‘yicha muzokaralardan esa deyarli naf chiqmayapti, deydi Ukraina prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiyning o‘zi Rossiya bilan muzokaralar va prezident Putin urushga nuqta qo‘yishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Avvalroq, rossiyalik milliarder Roman Abramovich Kiyevga borgani bo‘yicha xabar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring