Aleksey Navalniyga nisbatan yangi jinoiy ish ochilishi mumkin
Moskvaning Lefortovo sudiga rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga nisbatan bir qator firibgarlik epizodlari bo‘yicha yangi jinoiy ish topshirildi. Bu haqda «Gazeta.ru» ma’lum qildi.
«Sudda Navalniyga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, u to‘rtta firibgarlik va sudga hurmatsizlik qilishda ayblanmoqda», — deya ta’kidlagan Moskva sudi vakili.
Hozircha yangi ishning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Navalniyga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoiy ishlar bir yildan ko‘proq vaqt oldin ochilgan edi.
Tergov talqiniga ko‘ra, Navalniy 350 million rublga yaqin pulni talon-toroj qilgan. Pul Navalniy rahbarlik qiladigan Korrupsiyaga qarshi kurashish fondiga xayriya sifatida ajratilgan. U, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi faxriysiga tuhmat qilish haqidagi ishni ko‘rgan sudya Vera Akimovaga nisbatan hurmatsizlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy bundan roppa-rosa bir yil avval Moskvaning Simonovskiy sudi tomonidan «Iv Roshe» ishi bo‘yicha 3,5 yilga umumiy tartibdagi koloniyaga hukm etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter