Muxolifatchi Aleksey Navalniy qamalishi mumkin
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga qamoq jazosi xavf solmoqda.
Gap shundaki, Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati Navalniy sud tomonidan tayinlangan shartli jazo qoidalariga amal qilmayotganini iddao qilgan.
Navalniy ikkita shartli hukmga ega: "Kirovlesa" va "Iv Roshe" ishlari. Ularning har biri besh yillik ozodlikni cheklash hukmidan iborat. Birinchi ish 16 million rubldan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish bilan bog‘liq, ikkinchisi 30 million rubldan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilish bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy 20-avgust kuni Tomsk-Moskva samolyotida hushidan ketib, komaga tushgandi. Shundan so‘ng, bir muddat Germaniyada davolandi.
Rossiyalik mutasaddilarga ko‘ra, Navalniy 12-oktyabrga qadar tuzalib bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter