Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva sudi «TikTok»ni 4 mln rublgacha jarimaga tortmoqchi. Platforma LGBT targ‘ibotida ayblangan

Moskva sudi «TikTok»ni 4 mln rublgacha jarimaga tortmoqchi. Platforma LGBT targ‘ibotida ayblangan

Moskva sudi joriy yil 4-oktyabr sanasida LGBT harakatini targ‘ib qilgani uchun «TikTok» kompaniyasini jarimaga tortish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda TASS agentligi chorshanba kuni mazkur masala yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol qabul qilingan Moskvadagi 422-sonli global sud okrugiga tayanib xabar bermoqda.

«Sudga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 13.41-moddaning 2-qismi (Rossiya qonunchiligida o‘chirish majburiyati nazarda tutilgan ma’lumotlarni sayt egasi tomonidan o‘chirmaslik) bo‘yicha TikTok Pte Ltd. ga nisbatan tuzilgan bayonnoma kelib tushdi.

 Ushbu modda bo‘yicha maksimal jarima miqdori 4 million rubl miqdorida.

Sud ishining boshlanishiga Roskomnadzorning platformani LGBT harakati, radikal feminizm va an’anaviy jinsiy munosabatlarga nisbatan buzilgan qarashni targ‘ib qilayotganligi to‘g‘risidagi ayblov protokoli sabab bo‘lgan», – deyiladi sudda.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, sud ushbu ishni ko‘rib chiqishni 4-oktyabrga belgilagan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil fevral oyidan beri Roskomnadzor ruxsat berilmagan ommaviy aksiyalarda qatnashishga chaqiruvlarni o‘z platformalaridan olib tashlamagan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun ma’muriy protokollarni tuzib kelmoqda.

Yil boshidan beri bir qator resurslar taqiqlangan kontentni olib tashlashdan bosh tortganidan keyin Rossiya qonunchiligini buzgan deb topilib, bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Masalan, Telegram messenjeri ma’muriyati mamlakatda taqiqlangan ma’lumotlarni, jumladan, qo‘poruvchilik qilish bo‘yicha qo‘llanmalarni olib tashlashdan bosh tortgani uchun 11 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring